Kurash Qingdao o‘yinlarida ishtirok etadi

Kurash Qingdao o‘yinlarida ishtirok etadi

Qingdao Xitoyning eng yirik va nufuzli shaharlaridan biridir. Mamlakatning muhim transport yo‘llari chorrahasida aynan Qingdao joylashgan. Shuningdek shahar Sariq dengiz bo‘yidagi yirik dengiz portiga ham egalik qiladi.

Qingdao juda ko‘plab yirik xalqaro sport musobaqalari, nufuzli o‘yinlarga ko‘p bora mezbonlik qilgan.

Bundan tashqari shaharda har yili «Qingdao martial art Games» ham o‘tkazilib kelinadi. O‘yinlar Dasturidan ko‘plab olimpiya noolimpiya sport turlari o‘rin olgan.

Mazkur o‘yinlarning nufuzi balalndligidan unga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Qingdao gamesda ko‘plab olimpiada o‘yinlari g‘oliblari, Jahon chempionlari ishtirok etishadi.

2023 yilning 25 mart kuni "Qingdao martial art Games"ning rasmiy bahslari boshlandi.

Joriy yilgi bahslarda ahamiyatli Tomoni shundaki, unda Kurash sporti ham taqdimot qilindi. 1000 dan oshiq tomoshabinlar, sport rasmiylari ishtirok etgan taqdimotda Kurash sportining usullari va texnikalari namoyish etildi.

Xitoy Kurash assosiasiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra: "Qingdao martial art Games 2024"da Kurash rasmiy sport sifatida o‘yinlar Dasturiga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Kurash assosiasiyasi tomonidan fevral oyi yakunida xitoylik Kurash hakamlari uchun hakamlik seminari va imtihoni tashkil etilgan edi. Unda 150 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etishgan.

Seminarni IKA Referee komissiyasi a’zosi Chow Ngai Hung boshqarib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!