Kurash AIMSga a’zolik jarayonlarini boshlaydi

Kurash AIMSga a’zolik jarayonlarini boshlaydi

5 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida IKA prezidenti janob Farman va AIMS prezidenti janob Stefan Foks o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda IKAning kelasi aprel oyida Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Sport Accord konvensiyalarida ko‘rgazma ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi hamda IKAning AIMS'ning rasmiy a’zo bo‘lishi uchun arizasini muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida rasmiy a’zolikka qabul qilinish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha texnik jihatlar va talablar muhokama qilindi. Kurashning AIMSga rasman ariza berish uchun kerakli ma’lumotlar va hisobotlarni to‘plashni jarayonlari boshlanganligi ma’lum qilindi.

Janob Foks IKAning AIMSga qo‘shilish tashabbusini olqishladi va u arizani qo‘llab-quvvatlash borasidagi jarayonlarga o‘z yordamini ayamasligini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun: AIMS — Mustaqil tan olingan sport a’zolari ittifoqidir. U 2009 yilda GAISF a’zolari tomonidan tashkil etilgan va GAISF'da to‘rtinchi guruhdir. AIMSening maqsadi har bir alohida sport turini mustahkamlash, tajribani birlashtirish, bilim almashish va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishdan iborat bo‘lib, individual sport turi XOQ tomonidan rasmiy tan olinishiga erishadi. Ayni paytda AIMS 21 ta xalqaro sport federasiyasiga to‘liq a’zo sifatida kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!