Ko‘p qavatli binolarda isitish mavsumi qachon boshlanadi?

Ko‘p qavatli binolarda isitish mavsumi qachon boshlanadi?

Kunlar soviy boshlashi bilan ko‘p faqatli binolarni isitish muammosi paydo bo‘ladi. Ayniqsa, yosh bolali oilalar bunday sharoitda shahar isitish tizimining ertaroq faoliyatini boshlashidan umid qilishadi. Xo‘sh, shahar isitish tizimi qanday sharoitda muddatidan avvalroq yoqilishi mumkin. Umuman, tizimning ishlash muddati bormi?

Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun isitish davri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi, deb yozmoqda Azon.uz nashri.

Isitish davri ob-havo harorati 5 kun 8°S dan past bo‘lganda boshlanadi va 8°S dan yuqori bo‘lganda tamomlanadi.

Demak, isitish davri boshlanishi uchun havo harorati 8°Sdan past bo‘lishi va bu past harorat 5 kun davomida saqlanib qolishi kerak. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!