«Ko‘cha san’ati va musiqasi» festivali boshlandi

«Ko‘cha san’ati va musiqasi» festivali boshlandi

Poytaxtimiz ko‘chalarini kezar ekansiz, odamlar ko‘nglini quvontiruvchi ta’sirli musiqalar chalib, ko‘rkam suratlar chizayotgan havaskor ijodkorlarga duch kelasiz. Ularning iste’dodini ko‘rib, bu kabi havaskorlarni ham qo‘llab-quvvatlash yaxshi samara berishiga ishonch hosil qilasan kishi.

Bugun poytaxtimizdagi Moviy gumbazlar xiyobonida ana shunday havaskorlar ishtirokida «Ko‘cha san’ati va musiqasi» festivali boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrda «Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, 2024-2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!