Koronavirusdan davolangan Boris Jonson ko‘rish qobiliyati sustlashganidan shikoyat qildi

Koronavirusdan davolangan Boris Jonson ko‘rish qobiliyati sustlashganidan shikoyat qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ko‘rish qobiliyati pasaygan. Bu haqda matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Sky News.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u birinchi marta ko‘zoynak taqishga majbur bo‘lmoqda. Jonsonning ko‘rish qobiliyati pasayganiga koronavirusga chalingani sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Jonson virus yuqtirganidan bir oy o‘tib, davolandi va bosh vazir vazifasiga qaytdi.

Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 262,5 mingta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Mamlakat bu borada to‘rtinchi o‘rinda. Shu paytga qadar 39996 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!