Koronavirus Rossiyaga 73 mamlakatdan kirib keldi

Koronavirus Rossiyaga 73 mamlakatdan kirib keldi

“Koronavirus Rossiyaga 73 mamlakatdan, birinchi navbatda, Italiya, Ispaniya, Fransiya va BAAdan kirib keldi”, deya ma’lum qildi Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Moskva, keyin Komi va Buryatiya respublikalari, so‘ng Sankt-Peterburg, Moskva viloyati, Yamalo-Nenes avtonom okrugi va Penza viloyati turibdi.

Ko‘pchilik yuqish holatlari o‘zaro aloqa orqali kelib chiqqan – 2,854 kishi. Rossiyadagi koronavirusdan vafot etgan 43 bemorning aksariyati ko‘plab kasalliklarga chalingan keksa fuqarolardir.

Hozirgi vaqtda Rossiya Federasiyasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 4731 kishini tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!