Koronavirus hid va ta’m bilishni yo‘qotadimi?

Koronavirus hid va ta’m bilishni yo‘qotadimi?

Biz hammamiz koronavirusning eng keng tarqalgan belgilari - doimiy, quruq yo‘tal va isitma haqida bilib oldik. Agar sizda ushbu alomatlar bo‘lsa, siz kamida yetti kun davomida uyda qolib, o‘zingizni izolyasiya qilishingiz kerak.

Ammo vaqt o‘tishi bilan biz virus va uning o‘zini qanday tutishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldik; va aniqki, aksariyat infeksiyalar singari, har xil odamlarda turli xil alomatlar namoyon bo‘ladi.

Endi kam sonli bemorlarda uchrasa-da nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i va tomoq og‘rig‘i kabi alomatlar ham bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Endi odamlar ta’m va hidning yo‘qolishi haqida xabar berishni boshladilar. Aftidan ba’zi odamlarda hidning yo‘qolishi (anosmiya) yoki ta’m bilishni yo‘qotish (ageziya) koronavirusning bu odamlardagi yagona alomatlari bo‘lishi mumkin.

Xitoy, Eron, Italiya, Germaniya va Fransiya singari mamlakatlarda bemorlar vaqt o‘tishi bilan hid yoki ta’m sezgilaridan mahrum bo‘lganliklari haqida xabar berishgan.

Britaniya Otorinolaringologiya assosiasiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bu ikkala alomat "bir qator bemorlarda" "boshqa alomatlar yo‘qligida" topilgan.

O‘z bayonotida, Buyuk Britaniya Rinologik Jamiyatining Prezidenti, professor Kler Xopkins va professor Nirmal Kumar: "Biz bu bemorlar virusning tez tarqalishiga hissa qo‘shganlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylaymiz. Afsuski, bu bemorlar Buyuk Britaniyada test o‘tkazish yoki o‘z-o‘zini izolyasiya qilishning hozirgi talablariga javob bermaydilar", deyishdi.

Ushbu xabar 22 mart kuni Virjiniya shtati, Aleksandriya shahridagi Amerika Otolaringologiya akademiyasining bosh va bo‘yin jarrohligi (AAO-HNS) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Yuqori nafas yo‘llariga (og‘iz, burun, tomoq va sinuslarga) yuqadigan ko‘plab viruslar, shu jumladan umumiy shamolllash, sizning hid bilishingizni kamaytirishi mumkin.

Buning sababi shundaki, burun yo‘llarida ortiqcha shilimshiq to‘planib, ular burun ichiga havo oqimining kirishini kamaytirib, hid bilishni qiyinlashtiradi.

Biroq, koronavirus ko‘pchilik bemorlarda ortiqcha shilliq hosil bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Ammo virus yuqtirilgan odamlarda shilliq burun yo‘llarining orqa qismida ko‘p miqdorda uchraydi.

Ushbu hujayralar shuningdek, hidlarni aniqlashga yordam beradigan juda kichik tuklarga ega. Boshqa turdagi koronaviruslarni o‘rganishimizdan ma’lumki, koronavirus bilan kasallangan hujayralar ushbu tuklarni yo‘qotishi mumkin.

Ko‘pgina virusli anosmiyalarda bo‘lgani kabi, bu ta’sir vaqtinchalik va ko‘pchilik odamlar to‘rt hafta ichida yana hidni his qilishadi.

Hidini yo‘qotgan COVID-19 bilan kasallangan odamlarning aniq soni noma’lum bo‘lsa-da, bizning koronavirusning boshqa turlari haqida bilganimiz shuni ko‘rsatadiki, virusli anosmiyaning har qanday turidan aziyat chekadiganlarning 1 foizi hid bilishni yo‘qotadi. 

Virus tildagi ta’m kurtaklariga ta’sir qilmasa ham, hid hissi ta’mga psixologik jihatdan bog‘liq bo‘lganligi sababli, odamlar o‘zlarining ta’m qobiliyatini yo‘qotgan kabi his etadilar.

Agar siz hid yoki ta’m yo‘qolishidan aziyat cheksangiz va aks holda yaxshi bo‘lsa, yetti kun o‘zingizni alohidalashingiz kerak. Shuningdek,oila a’zolari ham 14 kun o‘z-o‘zini izolyasiya qilishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!