“Koronavirus hech narsa emas!”: Rossiya fuqarolari ko‘proq nimadan qo‘rqmoqda?

“Koronavirus hech narsa emas!”: Rossiya fuqarolari ko‘proq nimadan qo‘rqmoqda?

Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya jamiyatida xavotir darajasi to‘g‘risida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb xabar berdi “zakon.kz”.

Sosiologlarning fikriga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining aksariyati og‘ir kunlar kelgani yoki yaqinlashayotganidan xavotirda.

"Sizningcha, biz eng qiyin kunlarni boshdan kechiryapmizmi yoki ular ortda qoldimi yoki hali hammasi oldindami?" degan savollarga respondentlarning 18 foizi eng qiyin paytlar allaqachon kelganligini ta’kidlashdi.

Biroq, rossiyaliklarning taxminan 57 foizi eng qiyin iqtisodiy sinovlar hali oldinda ekaniga ishonishmoqda. Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori Valeriy Fyodorovning qayd etishicha, Rossiya iqtisodiyoti inqirozga uchragan yoki faqat endi o‘sishda davom etadi deb ishonganlarning xavotiri 71-73% ni tashkil qiladi.

Ruslarning umumiy ijtimoiy qo‘rquviga kelsak, birinchi o‘rinni “an’anaviy mavzu”ga aylangan pandemiya yoki inqiroz emas, ijtimoiy adolatsizlikning o‘sishi, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik egalladi. 55-57% respondentlar ushbu qo‘rquvni ta’kidlashdi.

38-42% aholi bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishining rad etilishidan yoki uning sifati pastligidan, 31-32% insonlar esa Rossiya va boshqa davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishidan qo‘rqishar ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!