Seul shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlament spikerlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.
Parlamentlararo hamkorlikning “5 + 1” formatida tashkil etilgan mazkur platformadan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali muloqotni yanada mustahkamlashdir.
Tadbirning asosiy sessiyasi “Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlar: keyingi 30 yil uchun shiddatli harakat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo muloqot muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Senat Raisi T.Norboyeva 15 yildan ortiq davr davomida ish olib borayotgan “Markaziy Osiyo + Koreya” hamkorlik formatining o‘rni muhimligini ta’kidladi. Mazkur format investisiyalar, innovasiyalar, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat hamda boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surmoqda.
Texnologiyalar, innovasiyalar va “yashil iqtisodiyot” sohasida parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish, muqobil energiya va “yashil” vodorod ishlab chiqarish sohasida Koreya sarmoyalarini jalb qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish kabi masalalar shular jumlasidandir.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada dunyoda kechayotgan nizolar, jahon iqtisodiyotidagi salbiy tendensiyalar, beqaror xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlar sharoitida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik, jumladan, parlamentlararo muloqot orqali sa’y-harakatlarni birlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
– Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish mintaqaviy hamkorlikning asosiy drayveri bo‘la oladi, – dedi T.Norboyeva. – Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishda parlament muhim o‘rin tutadi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasida raqamli transformasiya sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi sessiyada esa ishtirokchilar e’tibori iqtisodiy taraqqiyot va raqamlashtirish jarayonlarining muvaffaqiyati, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sun’iy intellektning keng joriy etilishi masalalariga qaratildi.
Sessiyada Koreya Respublikasi ko‘magida Toshkent shahrida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, malakali kadrlar tayyorlash va mintaqadagi barcha mamlakatlar ehtiyojlari uchun ommabop IT - mahsulotlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan sun’iy intellektni o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo markazini tashkil etish hamda raqamlashtirish sohasida Koreyaning yetakchi universitetlari bilan ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surildi.
Yig‘ilishda “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” parlamentlararo hamkorlikning navbatdagi yig‘ilishini 2024 yilda Ashxobodda o‘tkazish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbir yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari spikerlarining birinchi yig‘ilishi qo‘shma deklarasiyasi qabul qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.
“Репорт” нинг хабар беришича , бу ҳақда Австрия ташқи ишлар вазирлиги раҳбари Беате Майнл-Райзингер ҳамда Германия ташқи ишлар вазирлигининг Европа ва иқлим масалалари бўйича давлат вазири вазифасини бажарувчи Анна Люрман баёнот берди.
Генри Киссинжернинг ушбу сўзлари АҚШнинг янги божларида ўз аксини топди. Америка ўзининг азалий ҳамкорлари — Япония ва Жанубий Кореяга ва НАТО давлатларига қарши улкан божлар киритди.
"Европа таажжубда, Доналд Трамп Россияни улар учун хавф деб ҳисобламаса, нима учун NATO аъзоларидан Ялпи ички маҳсулотларнинг 5 фоизини мудофаа харажатларига сарфлашни талаб қилмоқда?"
Шунингдек, юристконсульт муқаддам ўзининг воситачисидан олган 50 минг АҚШ долларидан 10 минг АҚШ долларини компенсация маблағининг ўтказилиш жараёнини тезлаштириб бериши учун Тошкент шаҳар Иқтисодиёт ва молия бош бошқармасининг бош мутахассисига берганлиги маълум бўлди.
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Россия президенти Владимир Путин Кремлда Москвага ташриф буюрган Босния ва Герсеговина таркибидаги Серб Республикаси президенти Милорад Додикни қабул қилди.
Украина ташқи ишлар вазири Андрей Сибига АҚШ билан ноёб ер металлари бўйича келишув Украинанинг Европа Иттифоқига йўлига зид бўлмаслиги кераклигини айтди.