Bag‘dodda 69 marta tezlikni oshirgan haydovchi jarimalarni to‘ladi

Yurtimizda haydovchilarning belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1283-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 9 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Bag‘dod tumanida yashovchi A.K. ham 69 ta qoidabuzarlik uchun 28,5 million so‘m ma’muriy jarima pullarini to‘liq to‘ladi. Chunki, haydovchining boshqa chorasi ham qolmagan, avtomashinasi jarima maydoniga olib qo‘yilgan edi.
E’tiborli jihati, 69 marotaba sodir etilgan qoidabuzarlikdan 65 tasi tezlikni oshirganligi uchun qo‘llanilgan.
Birgina 70 km/s tezlik chegaralangan joyda 118 km/s bilan harakatlangani uchun 2,5 million so‘m jarima solingan.
Qolgan 4 holatlarda esa asosan, chiziqni bosib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Skandinaviya davlatlarida, jumladan, Finlyandiyada jarimalar qoidabuzarlikning og‘irligi va uni sodir etgan shaxsning daromadidan kelib chiqib solinadi. Polisiya esa huquqbuzarning shaxsiy daromadi haqidagi ma’lumotni smartfonlar yordamida soliq to‘lovchilarning markaziy ma’lumotlar bazasiga ulanish orqali darhol tekshirishi mumkin. Viklyof yiliga 350 million yevrolik daromadga ega holding kompaniyasining asoschisi hisoblanadi. Shuning uchun ham unga nisbatan qo‘llangan jarima miqdori shunchalik yuqori bo‘lgan.