G‘azoda homiladorlik "qo‘rquv soyasida" - JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Jahon sog‘liqni saqlash kunini G‘azodagi 55 ming homilador ayolning ahvoli haqidagi bayonot bilan nishonladi. Unda ta’kidlanishicha, "davom etayotgan zo‘ravonlik, ko‘chishlar va tibbiy yordam olish imkoniyatining yo‘qligi tufayli homiladorlik qo‘rquv soyasida o‘tmoqda."
JSST ma’lumotiga ko‘ra, G‘azodagi homilador ayollarning uchdan bir qismi yuqori xavfli homiladorlikni boshdan kechirmoqda.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning taxminan 20 foizi muddatidan oldin, kam vaznli yoki asoratlar bilan tug‘ilmoqda va topish qiyin bo‘lgan yuqori darajadagi parvarishga muhtoj bo‘lmoqda.
Tashkilot xabarida aytilishicha, "Hamkorlar ma’lum qilishicha, ko‘chma inkubatorlar, chaqaloqlar uchun sun’iy nafas oldirish apparatlari, ultratovush qurilmalari va kislorod nasoslari kabi zarur uskunalar va dori-darmonlar, shuningdek, ikki yoshgacha bo‘lgan 60 ming bolani to‘liq himoya qilishga yetadigan 180 ming dozali oddiy bolalar vaksinalari hududga kiritilishiga ruxsat berilmagan. Bu esa kasal yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarni hayotiy zarur parvarishdan mahrum qilmoqda."