Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasida nutq so‘zladi. U nutqida Ukraina mojarosiga ham to‘xtaldi.
"Jahonning turli mintaqalaridagi nizolar global va mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. O‘zbekiston har qanday ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat diplomatiya va tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etishning qat’iy tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Umid qilamizki, Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshlangan muzokaralar jarayoni o‘zining ijobiy natijasini albatta beradi.
Eng og‘riqli muammolarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi va rezolyusiyalari asosida yechim topish muhim, deb hisoblaymiz. Jumladan, Falastin – Isroil nizosining yagona va adolatli yechimi “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.
Bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘oniston haqida to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Ushbu mamlakatning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, amaldagi hukumat bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish, Afg‘onistonga Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi va yangi imkoniyatlar makoni sifatida qarash lozim, deb hisoblaymiz. Bu borada parlamentlarning ko‘magiga ishonamiz. Umuman olganda, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotini universal va muqobili yo‘q yagona global tuzilma sifatida e’tirof etadi. Biz bu borada Bosh kotib Antoniu Guterrishning mazkur xalqaro tashkilotni chuqur isloh qilish, uning salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borayotgan tizimli sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz", dedi Prezident.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Доналд Трампнинг сўнгги бир неча ой мобайнида ўз лавозимида қабул қилган қарорларига қараганда, воқеалар ривожланишининг энг ғайритабиий ва эҳтимолдан узоқ сценарийлари амалга ошиши мумкинлигини истисно этиб бўлмайди.
170 миллион аҳолисининг аксарияти мусулмонлардан иборат бўлган Бангладеш Исроил билан ҳеч қандай дипломатик алоқаларга эга эмас ва расман мустақил Фаластин давлатини қўллаб-қувватлайди.
Кейинги пандемия "назарий хавф эмас балки эпидемиологик аниқлик. Бу содир бўлади ва ҳар қандай ҳолатда ҳам биз тайёр бўлишимиз керак", деди ЖССТ раҳбари.
Бу эса сперма сифатига салбий таъсир қилади. Олимлар айтишича, агар шундай давом этса, 2045 йилга бориб соғлом сперматозоидлар деярли қолмаслиги мумкин.
Буюк Британия 2025 йилда Украинага 4,5 миллиард фунт (долллардаги эквиваленти қарийб 5,8 млрд доллар) ҳарбий ёрдам юбормоқчи, деди Британия Мудофаа вазири Жон Хили.
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .