Ukraina shu hafta Vashingtonga delegasiya yuboradi

Ukraina shu hafta AQSh bilan resurslar bo‘yicha yangi bitim yuzasidan muzokaralar olib borish uchun Vashingtonga delegasiya yuboradi.
Xabar berilishicha, delegasiya tarkibiga Ukraina Iqtisodiyot, Tashqi ishlar, Adliya va Moliya vazirliklari vakillari kiradi.
Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, delegasiya tarkibiga Iqtisodiyot, Tashqi ishlar, Adliya va Moliya vazirliklari vakillari kiradi.
Sviridenkoning so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv loyihasi "fond tashkil etish yoki birgalikda sarmoya kiritish niyati saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda". Ukraina hukumati kelishuv loyihasining boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Mart oyi oxirida yangi kelishuv loyihasi tafsilotlarini dastlab Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak, keyin esa Bloomberg va Financial Times gazetalari e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bitimning yangi loyihasida Ukrainadagi neft va gaz resurslaridan foydalanish huquqi ham muhoqama qilingan.
Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmatiga resurslar bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshirishni topshirgan.