Klopp - ikkinchi marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi!

Klopp - ikkinchi marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi!

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

"Liverpul" chempion "Manchester Siti"dan bir ochoko qolib ketdi va mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi.

54 yoshli germaniyalik murabbiy faoliyatida ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. U birinchi marotaba 2020 yilda APLda eng yaxshi bo‘lgandi.

Kloppdan tashqari APLda faqat Aleks Fergyuson (11), Arsen Venger, Joze Mourinyo va Pep Gvardiola (3 martadan) bir martadan ko‘p mavsum murabbiyi bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!