Kelishilgan o‘yinlar ishi bo‘yicha avstraliyalik uch futbolchi hibsga olindi

Kelishilgan o‘yinlar ishi bo‘yicha avstraliyalik uch futbolchi hibsga olindi

Sidneyda uch futbolchi kelishilgan o‘yinlarda gumonlanib hibsga olindi.

Futbolchilar Avstraliyaning oliy ligasida ishtirok etuvchi "Makartur" klubi vakilllari hisoblanishadi. Jamoa sobiq sardori Ulises Davila, yarim himoyachilar Kerin Bakkus va Kleyton Lyuis 22 avgust kuni kelishilgan o‘yinlar sxemasini tashkillashtirish ishi bo‘yicha sud oldida javob berishdi.

Tekshiruv ishlari davomida BetPlay Colombia, Bet365 New Jersey va Bet365 Bulgaria bukmekerlik idoralari ma’lumotlaridan foydalanildi.

Taxminlar bo‘yicha, may oyida "Makartur"ni tark etgan Davila futbolchilar va nomi oshkor qilinmagan Kolumbiya jinoiy guruh o‘rtasida vositachilik qilgan.

Klub sobiq sardori Bakkus va Lyuisga A liga o‘yini vaqtida sariq kartochka olishgani uchun 10 ming dollargcha pul to‘lagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!