Kelasi hafta yetti viloyatda qor yog‘adi

Kelasi hafta yetti viloyatda qor yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, kelasi hafta boshida O‘zbekistonda havo harorati pasayadi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutiladi.
 
Sinoptiklar 16-17 oktyabr kunlari Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida havo harorati kechasi 0...+5 darajagacha, kunduzi +12...+17 darajagacha tushib ketishini ta’kidlayapti. Ushbu hududlarda 15 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ib, keyinroq qorga aylanishi mumkin.
 
Shuningdek, Farg‘ona vodiysida ham havo harorati pasayib, kechasi +3...+8, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qorga aylanish ehtimoli bor.
 
Respublikaning qolgan hududlarida havo harorati kechasi +5...+10, kunduzi +15...+20 daraja atrofida bo‘ladi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!