Katta Yaqin Sharqning yangi olovli o‘chog‘i

A A A
Katta Yaqin Sharqning yangi olovli o‘chog‘i

Turkiyaning Suriya hududida, aniqrog‘i uning shimoliy kengliklarida “xavfsizlik zonasi”ni yaratish maqsadida aksilterror operasiyalarni boshlagani dunyoda kuchli rezonans berdi. Suriyadagi kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari”ga qarshi boshlangan urushi Yaqin Sharqda yangi olovli nuqtaning paydo bo‘lishiga olib keldi, deyish mumkin. Shubhasiz, huquqlari toptalgan, o‘z yashash joyidan badarg‘a qilinayotgan, asrlar bo‘yi o‘z davlatiga ega bo‘lish orzusida yongan, dunyo bo‘ylab tarqalgan 40 millionli nufusga ega kurdlar jangovor harakatlarni Turkiya hududiga ko‘chirishi ehtimoli yuqori. Turkiya janubiy qismlarida yashaydigan kurdlar o‘z millatdoshlarini himoya qilish iddaosi ostida mamlakatda qo‘poruvchilik amaliyotlariga qo‘l urushi mumkin. Eron, Iroq va Turkiyada yashaydigan kurdlar Suriyadagi quroldoshlariga yordam ko‘rsatishlarini inkor etib bo‘lmaydi. Buning isboti o‘laroq, Turkiyaning Mardin viloyatidagi Nusaybin tumani suriyalik kurd otryadlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Avvalroq Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi Suruch shahri minomyotdan o‘qqa tutilgan, oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. 10 oktyabrda Mardin va Shonliurfadagi aholi punktlarining raketa va minomyotlardan o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi, jumladan 5 bola va o‘smir halok bo‘ldi. 2011 yildan beri fuqarolar urushi davom etayotgan Suriya shimolidagi kurdlar biron marta bo‘lsin, Turkiya hududiga o‘q uzgani yo‘q, birovning burnini qonatgani yo‘q edi. Ammo chegarada kurdlarning yashashini o‘ziga xavf deb bilgan rasmiy Anqara kurdlarni shunga majbur qildi.

Turkiya Suriyada nima istamoqda?
Yaqinda o‘tgan BMT Bosh Assambleyasida prezident Erdo‘g‘on Turkiya Suriya bilan chegarada o‘z nazoratiga olishni istayotgan uzunligi 480 kilometr va Suriya tomon 30 kilometr kirib boruvchi «xavfsiz hudud» xaritasini namoyish qilgan edi. Shuningdek, hozirda Turkiyada yashayotgan 3.6 million suriyalik qochqinlarning 2 millionga yaqini mazkur hududga ko‘chirilishi ham aytilgan edi. Biroq Turkiya o‘zining Suriya shimolidagi asosiy maqsadi «suriyaliklarning o‘zi va mintaqa tinchligi uchun zarur xavfsiz hudud» yaratish ekanini iddao qilsada, u shimoliy-sharqiy Suriya bilan chegara bo‘ylab o‘rnashib olgan kurd jangchilariga hujum uyushtirish bilan muntazam tahdid qilib keladi. Turkiya asosan Suriya Demokratik Kuchlari (SDF) bilan birga boshqa kurd qurolli guruhlarini o‘z hududida o‘ttiz yildan buyon taqiq ostida bo‘lib kelgan va Kurd Avtonomiyasi uchun kurashgan Kurdiston Ishchilar Partiyasining kengaytirilgan ko‘rinishi, deya hisoblaydi. Boshqa sabablar ham yo‘q emas, deb hisoblash mumkin. Gap shundaki, 1960 yillarda AQShdagi ayrim strateglar tomonidan Eron, Iroq, Turkiya va Suriyadagi kurdlardan iborat yagona Kurdiston davlatini tuzish g‘oyasi ishlab chiqilgan. 2003 yildagi AQSh boshliq xalqaro koalisiyaning Iroqqa hujumidan keyin kurdlar birmuncha mustaqillikka erishdi. 2011 yilgi Suriyada boshlangan “arab bahori”dan keyin shimoldagi kurdlar ham deyarli mustaqillikka erishdi. Endi navbat Eron va Turkiyaga keldi. Turkiyaning asosiy xavotiri ham Kurdlarning o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lish ehtimoli. Shu nuqtai nazardan Turkiya qo‘shinlarining Suriya hududiga kirishini rasmiy Damashq agressiya va suveren davlatga tajovuz deb baholayotganiga qaramay, avvaliga birmuncha bosiq pozisiyada turdi. ISHIDga qarshi urushda kurdlarning Rossiya bilan emas, amerikaliklar bilan ittifoqchilikka qo‘l urishi ularning an’anaviy ittifoqchisi - Moskvani Turkiya operasiyalariga nisbatan betaraf pozisiyada qolishiga sabab bo‘ldi. Ammo Turkiya harbiy-havo kuchlari va artilleriyasining kuchli zarbalari oqibatida va AQShning deyarli kurdlardan yuz o‘girishi, qo‘shinlarini olib chiqishga kirishgani kurdlarni yana ruslarga bo‘yin egishiga olib keldi. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Rossiya vositachiligida Suriya hukumati va kurdlarning “Suriya Demokratik kuchlari” o‘rtasida ruslarning Xmeymim bazasida muzokara bo‘lib o‘tgan va uning natijasida Suriya hukumat qo‘shinlari kurdlar yashaydigan barcha shimoliy hududlarda o‘z nazoratini o‘rnatadigan bo‘ldi. Suriya armiyasining bo‘linmalari Rakka yaqinidagi Tobuk shahriga kirib kelgan va endi mintaqaning boshqa aholi punktlariga ham yo‘l olishgan. Bu esa 2011 yilda ISHIDga qarshi mamlakatning markaziy qismlarida jang olib borish uchun Suriya-Turkiya chegarasidan olib ketilgan Suriya harbiylarining kurdlar ustidan qayta nazorat o‘rnatishiga va mamlakatning hududiy yaxlitligini ta’minlashiga olib kelishi mumkin. Ammo Turkiya prezidenti harbiy operasiya oxirigacha davom etishini da’vo qilib kelmoqda. Bu esa Turkiyaning nishoni faqat kurdlar emas, balki Suriyaning shimoli-sharqiy qismlari ustidan nazorat o‘rnatish va Suriya Ozodlik armiyasi timsolida bu yerlarda o‘ziga moyil hokimiyat o‘rnatish ekani ayonlashib bormoqda.

Turkiyaning hozirgi ahvolini “qopqonga tushib qolish” deya tasvirlash o‘rinli bo‘lardi. Chunki, bir tomondan, Anqaraning harakatiga NATO dagi barcha ittifoqchilari – AQSH, Germaniya va Fransiya hamda Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari qarshi chiqmoqda. Hatto Fransiya va Germaniya Turkiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga sanksiya qo‘ydi. Arab davlatlari Ligasi, Sauliya Arabistoni, BAA, Misr kabi davlatlar ham Turkiyadan qurolli agressiyani to‘xtatish va qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni talab qilmoqda. Ikkinchidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin barcha davlatlardan Suriyani tark etishni talab qildi. Putinning aytishicha, agar rasmiy Damashq Moskvadan ham qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilsa, RF bu talabga yon berishini ma’lum qildi. Uchinchidan, Suriya hukumat qo‘shinlari chegarani nazorat ostiga olishga kirishmoqda. Bu shubhasiz, Suriya va Turkiya o‘rtasida urush ehtimolini yuzaga keltiradi. Mabodo, urush kelib chiqsa, Rossiya Suriyaning hududiy yaxlitligi uchun kurashga qo‘shiladi. “Ostona jarayoni”ning yana bir ishtirokchisi Eron ham Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashini hisobga olsak, Anqara mushkul ahvolda qoladi. Demak, Erdag‘on “Suriya Demokratik kuchlari”ni to‘la bartaraf eta olmaydi. Negaki, kurdlar juda katta jamoa, katta kuch. Buning uchun mintaqadagi butun kurdlarni qirib tashlashga to‘g‘ri keladi. Na AQSH, na Rossiya, na Eron Turkiyaga muayyan doiradan chiqib ketishiga imkon bermaydi. Yana bir muhim masala borki, bu ham bo‘lsa, Turkiyaning harbiy operasiyasi va kurdlarning Suriya hukumatidan panoh so‘rashi Suriyada kurdlarning keng muxtoriyat tuzish niyatini chippakka chiqaradi.

Xalqaro maydondagi reaksiya
BMT Xavfsizlik kengashi 10 oktyabr kuni YEIning besh davlati - Buyuk Britaniya, Polsha, Fransiya, Germaniya va Belgiya iltimosiga ko‘ra Suriya shimolidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu davlatlar Turkiyani hujumni to‘xtatishga chaqirib, harbiy harakatlar faqat mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishidan ogohlantirmoqda. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ham jiddiy xavotirlarini bildirib o‘tdi. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida ziddiyatning barcha tomonlari bilan aloqani saqlab turgani haqida yozgan. U tomonlar o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi. Tramp pozisiyasini tushunsa bo‘ladi. U juda murakkab dilemma qarshisida qolgan. Bir tomondan, Vashington NATOdagi ittifoqchisi Turkiyani butkul o‘z qanoti ostidan chiqarib yubormoqchi emas. Ikkinchidan, okeanorti mamlakati butun Yaqin Sharq ustidan hukmronlik qilishiga imkon beradigan, katta tepalikda joylashgan Kurdiston davlati tuzish maqsadidan qaytmagan. Kurdlar yashayotgan hududda AQSh qo‘shinlari keyinchalik nazorat o‘rnata olsa, bu mintaqani oson nazorat qilishiga yo‘l ochadi.
Kongressning Vakillar palatasidagi respublikachilar prezidentga Turkiya bilan munosabatlardagi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasini jo‘natishgan. Qonun loyihasi muallifi Liz Cheynining ma’lum qilishicha, agar Turkiya ittifoqchi maqomini saqlab qolishni istasa, o‘zini munosib tutishi kerak bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kongressdagilar Erdo‘g‘anning rejimi harakatlaridan va bu davlat AQShning raqiblari, jumladan, Rossiya bilan hamkorlik qilayotganidan tashvishda.

Erdo‘g‘anning po‘pisasi
Evropa kengashi raisi Donald Tusk Anqaraning harakatlarini tanqid qilishdan to‘xtamayotgan Yevropa Ittifoqi hududiga millionlab qochqinlarni jo‘natish bilan tahdid qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni shantaj qilishda aybladi.
«Ey, Yevropa Ittifoqi, uyg‘on. Men yana bir marta takrorlayman: agar siz bu amaliyotni okkupasiya deb atasangiz, unda eshiklarni ochamiz va 3,6 million qochqinni siz tomonga jo‘natamiz», degandi Erdo‘g‘an 10 oktyabr kuni. Tuskning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Turkiya qochqinlardan foydalanishiga toqat qilib turmaydi. «Turkiya tushunishi kerakki, biz bu davlatning harakatlari yangi gumanitar falokat olib kelishi mumkinligidan tashvishdamiz». Tusk tashvishlarini inkor qilib bo‘lmaydi. BMT hisobiga ko‘ra, yangi urush o‘chog‘ini 100 mingga yaqin kurdlar tashlab chiqqan. Keyinchalik bu raqamning 500 mingga yetishi ehtimoldan uzoq emas.

Turkiya yetakchisi, shuningdek, Anqaraning Suriyadagi harakatlarini qoralagan Saudiya Arabistoni va Misrni ham ayab o‘tirmadi. “Saudiya Arabistoni ko‘zguga bir qarasin. Yamanni shu ahvolga kim olib keldi? Oldin shu narsa uchun javob berishsin. Sizning bizga gapirishga umuman haqqingiz yo‘q. Misr umuman jim o‘tirsin, u yerda o‘z davlatida demokratiyani o‘ldirgan odam hukmronlik qiladi”.

Amerikaliklar qanday fikrda?
Turkiyaning Suriyada harbiy operasiya o‘tkazish niyati Donald Tramp uchun jiddiy bosh og‘riq bo‘ladi. Demokratlar uni xoinlikda, “Anqara ixtiyoriga” amerika ittifoqchisi – kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” guruhini topshirib, “qo‘zichoqni bo‘riga yem qilish” da ayblashmoqda. Ayniqsa, Oq Uy rahbarining amerikalik askarlarning turk qo‘shinlari o‘z operasiyasini o‘tkazayotgan Suriya shimoli-sharqidan olib chiqilishi haqidagi bayonoti Tramp muxoliflarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezidentdan “bu xavfli qarorni bekor qilishga” chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington poxisiyasi AQShning barcha do‘stlariga amerikaliklar bundan buyon ishonchli sherik emasligini namoyish etadi xolos. Tramp qaroriga qarshilar orasida uning partiyadoshlari ham bor. Senatdagi respublikachilar ko‘pchiligi lideri Mitch Makkonnell Amerika qo‘shinlarining “shoshilinch chiqarilishi” “Rossiya, Eron va Asad rejimi” foydasiga xizmat qiladi. Respublikachi senator Lindsi Grem yana ham chuqurlashib, Suriya kurdlariga qarshi turklar operasiyasi amalga oshgan taqdirda Anqaraga qarshi cheklov choralarini joriy etishga, shu jumladan, uning NATOdagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yishga qaratilgan bayonotlar berdi. Darhaqiqat, Kongressda hozir tegishli ikki partiyaviy qonun loyihasi tayyorlanmoqda. O‘z navbatida Tramp o‘z va’dasini bajargan siyosatchi imijini saqlab qolmoqchi. Amaldagi prezident 2016 yildagi saylovoldi kampaniyasida mamlakat askarlarini Suriyadan olib chiqish lozimligi xususida gapirgandi. Bundan tashqari, Tramp davlat byudjeti manfaatlarini ham hisobga olishga majbur. AQShda byudjet taqchilligi 984 milliard dollarga teng. Milliardlab pullarni Suriya urushiga sochib tashlagani Oq Uy byudjetida katta pul yo‘q. Shuning uchun Tramp administrasiyasi pulni qanday tejash yo‘llarini axtarmoqda.

Ammo AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter'dagi o‘z sahifasida qoldirgan xabarida agar Turkiya uning «buyuk va cheksiz donoligi» bo‘yicha «chegaradan chiquvchi» biror amalga qo‘l ursa, mamlakat iqtisodiyotini «butkul vayron etish» bilan tahdid qildi. Tan olish kerak, Vashington va Anqaraning munosabatlari, tarixan, ham siyosiy-iqtisodiy, ham harbiy jihatdan yaqin bo‘lgan. NATO a’zosi bo‘lmish Turkiya AQSh uchun o‘ta muhim ittifoqchi, ammo ularning hamkorligida jiddiy muammolar mavjud. Munosabatlardagi yashirin darzlar o‘tgan yilning avgustida - amerikalik pastor Endryu Brunsonning hibsda tutib turilishi ortidan AQSh Turkiyaga nisbatan sanksiyalar urushi boshlaganda bo‘y ko‘rsatgan edi. Oqibatda Vashington-Anqara munosabatlari o‘zining navbatdagi eng quyi darajasiga tushib ketdi, shundoq ham mo‘rt bo‘lgan Turkiya iqtisodiyoti esa falajlana boshladi. O‘shanda AQSh Turkiya po‘lati va alyuminiyiga tariflarni ikki barobarga oshirdi. Bu esa turk lirasining 2018 yil boshidan beri o‘tgan vaqt davomida 40 foizga qadrsizlanib ketishiga olib keldi. O‘z navbatida Turkiya ham AQSh mahsulotlariga nisbatan tarif miqdorini ko‘tardi: mashinalarga 120 foiz, spirtli ichimliklarga 140 foiz va tamaki bargiga 60 foiz.

Turkiyaning asosiy savdo hamkori kim?
Aslida, Turkiya eksportining atigi 5 foizigina AQShga yo‘l oladi va importning bundan biroz ko‘proq miqdori AQSh hisobiga to‘g‘ri keladi, xolos. Tashqi savdoda Xitoy, Rossiya va Germaniya Turkiyaning eng muhim hamkorlaridir. Biroq AQSh bilan o‘zaro savdo aylanmasi hajmi u qadar katta emasligiga qaramay, u Turkiya uchun hayotiy zaruriyat darajasida bo‘lgan sektorlar bo‘yicha Anqaraning asosiy hamkoridir: havo transporti, temir va po‘lat, mashinasozlik. AQSh o‘tgan yilgi sanksiyalarda aynan mana shu sektorlarni nishonga olgan. Shuningdek, Turkiya butun tarix davomida xalqaro savdo aylanmasi bo‘yicha kamomadni boshdan kechirib kelgan, ya’ni mamlakat eksportdan ko‘ra ancha ko‘p import qiladi. Ammo savdodagi mazkur jarlik 2018 yilda sezilarli qisqargan.

Iqtisodiy zaif nuqtalar
Yuqori darajali tashqi qarzdorlik Turkiya iqtisodiyotidagi jiddiy muammodir. 2018 yil sentyabr oyidagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning tashqi qarzi yillik yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 50 foizidan oshib ketgan. Bu hol mamlakatni xalqaro investorlar marhamatiga ko‘z tikib o‘tiradigan holga solib qo‘yadi va valyuta kurslari harakatlanishini xavfli holatga aylantiradi. Turkiyaning tashqi qarzlari borasida so‘z ketganda, uning ikki xususiyatini anglash muhimdir. Birinchidan, qarzlarning katta qismi qisqa muddatga olingan, ya’ni mamlakat yaqin kelajak ichida ularni to‘lashi lozim. Bu hol Turkiyaning tashqi moliyaviy manbalarga qaramligini jiddiy ravishda orttiradi. Ikkinchidan, qarzlarning asosiy qismi AQSh dollari va yevro kabi xorijiy valyutalarda olingan. Demak, turk lirasi xorijiy valyutalarga, masalan AQSh dollariga, nisbatan o‘z qadrini yo‘qotgan sari qarzlar qiymati yanada oshib boraveradi. 2001 yildan beri o‘tgan vaqt oralig‘ida Turkiya iqtisodiyoti muntazam o‘sib, ancha mustahkamlanganini qayd etib o‘tish lozim. Biroq AQSh bilan ziddiyatning har qanday darajada chuqurlashuvi Turkiya iqtisodiyotining barqarorligiga, shubhasiz, rahna soladi. Bunday holatda kapital oqimi keskin cheklanadi va Turkiya valyutasining qadriga jiddiy zarar yetadi.

Muhim ittifoqchi
Biroq Suriya, Iroq va Eron kabi davlatlarga chegaradosh bo‘lmish Turkiya bilan siyosiy va strategik hamkorlikning o‘ta muhim ekanidan kelib chiqib, AQSh amalda unga ziyon keltirishni istamasligi ehtimoli yuqori ekanini anglash mumkin. Turkiya AQSh mudofaa anjom-aslahalarini qabul qilib olishda Isroil va BAAdan keyingi o‘rinda turuvchi yirik ittifoqchidir. Mamlakat harbiy havo kuchlarining katta qismi ham aynan AQSh tomonidan ta’minlanadi. Shuningdek, AQSh va NATO kuchlari Turkiya janubidagi Injirlik havo bazasidan foydalanadi. Shunday ekan, Turkiyaning iqtisodiyoti zaif nuqtalarga boy bo‘lishi mumkin, lekin u strategik jihatdan muhim ittifoqchi sifatida qolaveradi. Demak, Anqara Suriya shimolida harbiy operasiyalarini bemalol amalga oshiraverishi mumkin. Faqat urushning cho‘zilib ketishi Turkiya iqtisodiyotini muqarrar halokatga yetaklaydi. Shundoq ham Erdag‘on janoblari mamlakatdagi ijtimoiy keskinlikni pasaytirish, mehnat bozoridagi suriyalik qochoqlar va turklar o‘rtasidagi raqobatni kamaytirish, qochoqlarni o‘z yurtiga qaytarish maqsadida boshlagan. Ammo Turkiya prezidenti hozir tushib qolgan “qopqon” dan chiqib keta oladimi, hamma gap shunda.

Abduvali Saybnazarov
Human.uz kolumnisti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.