Karl Nexammer koronavirusga chalindi

Karl Nexammer koronavirusga chalindi

Avstriya kansleri Karl Nexammerning ta’tildan qaytganidan keyin koronavirus yuqtirib olgani va uy sharoitida karantinda ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda Avstriya federal kansleri matbuot xizmatiga tayanib, «TASS» xabar bergan.

Xabarga ko‘ra Avstriya hukumati rahbari 7 yanvar kuni topshirgan test koronavirusga musbat natija bergan.

«Nexammer uch marta COVID-19 ga qarshi emlangan», — deyiladi bayonotda. Biroq hukumat rasmiylari kanslerning rafiqasi va farzandlari koronavirus bilan kasallangan yoki aksincha kasallanmagani borasida axborot bermagan.

Kansler xavotirga o‘rin yo‘qligi, o‘zini juda yaxshi his etayotgani va sog‘lig‘ida muammolar kuzatilmaganini aytib o‘tgan.

Nexammer 2021 yil dekabr oyida Avstriya kansleri lavozimini egallagan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!