Karantin: O‘zbekistonda avtokredit onlayn taqdim etila boshlandi

Karantin: O‘zbekistonda avtokredit onlayn taqdim etila boshlandi

«Kapitalbank» UzAuto Motors avtomobillarini xarid qilish uchun onlayn-kreditlashni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Kapitalbank» avtokreditni onlayn rasmiylashtirishni taklif qila boshlagan. Kreditni quyidagi modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun olish mumkin:⠀

  • Lacetti I pozisiya (Gaz-balon jihozli)
  • Nexia III pozisiya
  • Spark III pozisiya
  • Malibu 1,5
  • Tracker AT va AT
  • Trailblazer.
  • Kreditning foiz stavkasi avtomobil modeli hamda boshlang‘ich to‘lov hajmidan kelib chiqib — yillik 18% yoki 23,99% tashkil qiladi.
  • Kredit muddati – 3 yilgacha.

Onlayn ariza qoldirish uchun zarur hujjatlar:

  • O‘zR pasporti,
  • STIR,
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi.

Karantin bilan bog‘liq vaziyat hamda daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma olishning murakkabligini inobatga olgan holda «Kapitalbank» sizning jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchangizdagi ma’lumotlardan kelib chiqib zarur ma’lumotlarni yig‘ib oladi.

Avtomobil xaridi uchun avto.kapitalbank.uz saytidagi zarur shaklni to‘ldirib, ariza qoldirish mumkin. Shundan so‘ng bank xodimlari xaridor bilan bog‘lanadi va keyingi qadamlar haqida ko‘rsatma beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!