Karantin! 3 nafar qidiruvdagi shaxs Toshkentga kirishga urindi

Karantin! 3 nafar qidiruvdagi shaxs Toshkentga kirishga urindi

AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

4 aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 1973 y.t. fuqaro, o‘zining yuk mashinasida qishloq-xo‘jalik maxsuloti bilan birga 4 nafar fuqaroni belgilangan cheklovlarga zid ravishda Toshkent shahriga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Har biridan 50 000 so‘mdan olgan.
 
Shunga o‘xshagan karantin qoidalarini buzish harakatlari Toshkent shahriga kirish postlarining o‘zida 20 dan ko‘p holatda aniqlangan. Undan tashqari, Termiz, Namangan, Samarqand, Buxoro shaharlariga ham kirib-chiqishda bunday holatlar bir necha marotabalab aniqlangan.

‼️ Shu bilan birga, Toshkent shahriga kirib kelmoqchi bo‘lgan, boshqa viloyatlarda tergov va suddan yashiringan 3 ta QIDIRUVDAGI SHAXS ushlangan hamda 4 ta holatda Toshkent shahrida sotishga mo‘ljallangan NARKOTIK VA PSIXOTROP moddalarni olib kirish holatlari aniqlangan.
 
⛔️ Mazkur huquqbuzarliklarning barchasi yuk tashish mashinalaridan foydalanib sodir etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!