Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga qo‘shimcha 600 o‘rinli o‘quv binosi qurib bitkazildi

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga qo‘shimcha 600 o‘rinli o‘quv binosi qurib bitkazildi

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga qo‘shimcha 600 o‘rinli o‘quv binosi qurib bitkazildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Badiiy akademiya bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova ma’lum qildi.

✅2023 yilda Badiiy akademiya huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasini ilk stajyor-tadqiqotchilari muvaffaqiyatli tamomladi, ularga bitirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

✅Rassomlik mahorat ustaxonasiga o‘tkazilgan tanlov natijalariga asosan 2024 yil uchun navbatdagi 10 nafar stajyor o‘qishga qabul qilindi.

✅Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab internatlari uchun 2022-2023 yillarda 9 nomdagi dastlabki o‘quv adabiyotlari chop etildi.

✅O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga badiiylashtirish maqsadida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, akademik Jollibay Izentayev nomi berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!