Kambodja Xitoy sarmoyasiga umid qilmoqda

Kambodja Xitoy sarmoyasiga umid qilmoqda

Kambodja bosh vaziri Xun Manet chorshanba kuni Xitoy ishbilarmonlar delegasiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qirollikda ochiq va erkin xorijiy sarmoya rejimi hamda sarmoyadorlar va biznes siyosatini qo‘llab-quvvatlayotganini aytib, ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi, deb xabar berdi Kazinform agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kapitalni qaytarish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q, deyiladi Telegramda e’lon qilingan press-relizda.

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kambodja mintaqa va dunyo bilan aloqani yaxshilash uchun avtomobil yo‘llari va aeroportlar kabi muhim kommunikasiya infratuzilmalarini rivojlantirishga sarmoya jalb etishda davom etadi.

Bosh vazir, shuningdek, Xitoy kompaniyalariga Kambodjaga sarmoya kiritayotgani va biznes yuritgani uchun minnatdorchilik bildirib, ularning ishtiroki mamlakat hukumati rahbariyatiga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatadi, dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!