JSST rahbari G‘azodagi vaziyatni tasvirlashga so‘z topa olmasligini aytdi

JSST rahbari G‘azodagi vaziyatni tasvirlashga so‘z topa olmasligini aytdi

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning aytishicha, janglar qayta boshlanganidan keyin G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat hayratlanarli.

X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida u G‘azo sektori janubidagi Nassar kasalxonasi 1000 nafar bemor bilan to‘ldirilgani, bu ruxsat etilganidan uch barobar ko‘p ekanligini yozgan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar polda "og‘riqdan qichqirib" yotishgan va bunday sharoitda shifokorlar ularni davolashgan.

Shuningdek, u bu vaziyatdan xavotir bildirish uchun yetarlicha kuchli so‘z topa olmaganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!