Opta Analyst superkompyuteri Usmon Dembele nega 2025 yilgi “Oltin to‘p” uchun kurashda asosiy favorit hisoblanishini tushuntirdi.
«2024/2025 mavsumida PSJ treblga erishdi — Liga 1, Fransiya kubogi va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi. Turnirning hal qiluvchi finalida parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi, Dembele esa jamoaning kalit figurasi bo‘ldi — uning hisobida 33 ta gol va 13 ta golli uzatma bor. Top-5 Yevropa ligasi futbolchilari orasida faqat Kilian Mbappe (36) va Robert Levandovski (35) ko‘proq gol urgan.
Yanvardan Chempionlar Ligasi finaligacha fransuz 29 o‘yinda 25 ta gol va 8 ta assist qayd etdi. U 2025 yilning dastlabki olti uchrashuvida ham gol urdi, shu jumladan bir hafta ichida ikkita xet-trik qayd etdi — Chempionlar Ligasida “Shtutgart”ga va Liga 1da “Brest”ga qarshi. Jami yangi yilning dastlabki 20 o‘yinida 24 marta gol urgani uning ajoyib holatda ekanini ko‘rsatdi.
Dembele 2018 yildan buyon Chempionlar Ligasi finalida ikki assist qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi, uning turnirdagi 14 ta samarali harakati esa PSJ uchun rekord hisoblandi. Shuningdek, u yaratilgan golli vaziyatlar soni bo‘yicha (38, Rafinya bilan birga) yetakchiga aylandi. Liga 1da esa hujumchi 27 ochko bilan samaradorlik jadvalini boshqardi va 20 ta gol bilan “o‘yindan urilgan to‘plar” bo‘yicha eng yaxshisi bo‘ldi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Dembele Yevropada yaratilgan vaziyatlar, to‘pni progressiv olg‘a surish, zarbalar va jarima maydonchasidagi to‘pga tegishlar bo‘yicha yetakchilar safida. Uning hujumdagi faolligi ham ta’sirli: Liga 1da o‘rtacha 90 daqiqada 9,6 ta, Chempionlar Ligasida esa 10,4 ta samarali harakat — bu top-5 liga futbolchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
Fransuzga raqobatchilar sifatida Muhammad Saloh (57 samarali harakat), Rafinya (56), Lamin Yamal (39) va Kilian Mbappe (43) qayd etilmoqda. Ammo mutaxassislar aynan Dembeleni uning universallik, yuqori samaradorlik va PSJ muvaffaqiyatidagi hal qiluvchi o‘rni sababli asosiy nomzod deb hisoblaydi. Mbappening o‘zi esa shunday degan: «Agar bu menga bog‘liq bo‘lganida, “Oltin to‘p”ni uning uyiga olib borgan bo‘lardim».
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike ham Dembelening o‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zgartirish qobiliyatini ta’kidladi. «Ovoz berishdagi g‘alaba uning fenomenal yutuqlarini yana bir bor tasdiqlaydi», — deb yozadi sayt.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p”-2025 sohibi nomi 22 sentyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.