Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar boshlig‘i pora bilan ushlandi

A A A
Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar boshlig‘i pora bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati Mediasiya va yuridik maslahatlar huzuridagi hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora olishda qo‘lga tushdi. Bu haqida DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi, tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Австралиядаги кимошди савдосида ангус зотли буқа мамлакат учун рекорд нарх — 420 минг австралия доллари (300 минг АҚШ доллари)га сотилди.

Sun’iy intellekt qachon "qaytib bo‘lmaydigan nuqtaga" yetishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Американинг Anthropic компаниясининг СИ когерентлик стресс-тести раҳбари Эван Хьюбингер ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилди.

iPhone 18 Pro to‘rt xil rangda taqdim etildi

Олдиндан буюртмалар 12 сентябрь кунидан, сотувлар эса 18 сентябрдан бошланади.