JSST ogohlantirmoqda: Vaksina pandemiyani to‘xtatmaydi

JSST ogohlantirmoqda: Vaksina pandemiyani to‘xtatmaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 mutasiyalarini aniqlash uchun maxsus ishchi guruh tuzdi.

Bu haqda dunyo hamjamiyatiga JSSTning Favqulodda kasalliklar bo‘limining texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotlar mutasiyalarning koronavirusga va uning odamlar orasidagi harakatlariga qanday ta’sir qilishini aniqlashi kerak.

O‘z navbatida, JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus vaksinaning yaratilishi COVID-19 pandemiyasining darhol tugashiga olib kelmasligidan ogohlantirdi, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, bu juda muhim vosita bo‘ladi.

Uning ta’kidlashicha, bu kasallik haqida ko‘p narsa ma’lum bo‘lganiga qaramay, insoniyat bor-yo‘g‘i 8 oygina to‘plangan tajribaga ega, xolos. Vaholanki, COVID-19ning uzoq muddatli oqibatlari to‘g‘risida hamon yetarli ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!