Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat ko‘rsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi

Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat ko‘rsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi

Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat ko‘rsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga etkaziladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

✅ Ulardan 55 turdagi xizmat bepul ko‘rsatiladi, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.

✅ 2024 yilning 1-choragida Markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari ko‘rsatildi, shundan 5,6 mln.ga yaqini Markazlar orqali, 2,3 mln.dan ortig‘i onlayn tarzda ko‘rsatildi.

✅ O‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, o‘rtacha kutish vaqti 20 daqiqani tashkil etdi.

✅ 8 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari soddalashtirildi (BPR). 2024 yilda yana 100 ta davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtiriladi.

✅ 2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!