Jonson xavfsizlik qoidalarini buzdi. U shaxsiy telefonidan foydalanib Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga xabar yubordi

Jonson xavfsizlik qoidalarini buzdi. U shaxsiy telefonidan foydalanib Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga xabar yubordi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va boshqa yuqori lavozimlardagi vazirlar xavfsizlik qoidalarini buzib, shaxsiy telefonlaridan chet ellik amaldorlar va tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldilar, deb xabar beradi The Times nashri. Bosh vazir “Siyosatchilar ish muammolarini hal qilishda shaxsiy telefonlaridan foydalanmasliklari lozim”, deb siyosatchilarga bergan tavsiyasini o‘zi buzgan.

Nashrning yozishicha, janob Jonson telefonidan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga Angliyaning “Newcastle” futbol klubi sotilishi mumkinligi haqida xabar yuborgan. Shuningdek, Boris Jonson Dyson elektr asboblari kompaniyasi boshqaruvchisi tadbirkor Jeyms Dayson bilan shaxsiy telefoni orqali yozishmalar olib borgan. Ular kompaniya uchun soliq imtiyozlarini muhokama qilishgan.

2019 yilda parlament saylovlaridan so‘ng Boris Jonson hukumat a’zolariga telefon va elektron pochtalarni buzish xavfini ko‘rsatib, shaxsiy elektron qurilmalarni xizmat vaqtida ishlatmaslikni tavsiya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!