Jizzaxda YPX xodimi qoidani buzdimi?

Jizzaxda YPX xodimi qoidani buzdimi?

Joriy yilning 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi qoidani buzdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavhada Jizzah shahrida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan "Lasetti" rusumli, 25 226 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi piyodalar o‘tish joyidan oldin chizilgan 1.1 (qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi, yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi, transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi, chiziqni bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno) yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi aks etgan. 

Holat o‘rganildi va "Lasetti" rusumli, 25 226 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!