Jizzaxda Hududgaz bo‘lim boshlig‘i va MCHJ rahbari firibgarlikda ushlandi

Jizzaxda Hududgaz bo‘lim boshlig‘i va MCHJ rahbari firibgarlikda ushlandi

Ular fuqaroga 10 yil muddatga ijara asosida ajratilgan 40 gektar hamda o‘zining yeriga tutash bo‘lgan yana 24 gektar yer maydonini sotishga kelishishgan.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yer resurslarini noqonuniy savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

«Hududgaz Jizzax» filiali qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i, «Jizzax neftgaz stroy» MCHJ rahbari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 1998 yili tug‘ilgan fuqaroga Zafarobod tumani hududida «Jizzaxneftgazstroy» MCHJ nomiga baliqchilik faoliyatini rivojlantirish uchun 10 yil muddatga ijara asosida ajratilgan 40 gektar hamda o‘zining yeriga tutash bo‘lgan yana 24 gektar yer maydonini jami 800 mln so‘mga sotishga kelishgan.

Kelgusida davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 130 gektar yer maydonini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi vakolatli tanishlari orqali olib berishi evaziga 10.000 AQSh dollari berishni so‘ragan.

13 mart kuni Jizzax viloyati IIB TQX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar shaxs Jizzax shahrida joylashgan mehmonxonada kelishilgan pullardan 300 mln so‘mini oldindan bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deb xabar beradi IIV Matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!