Jizzaxda erkak tanishini pichoqladi

Jizzaxda erkak tanishini pichoqladi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 3 may kuni erkak xotinini yengil tabiat deb atagan tanishini pichoqladi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni Mirzadala shaharcha MFY va G‘alaba mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaro besh nafar tanishlari bilan birgalikda Do‘stlik mahallasidagi kafeda spirtli ichimlik iste’mol qiladi.

Suhbat paytida esa erkaklardan biri ikkinchisining xotinini yengiltabiat deb atagan. Bundan jahli chiqqan fuqaro pichoq bilan tanishining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!