Jizzaxda birovning plastik kartasidagi 14 mln so‘mni tanishiga o‘tkazib bergan «xaker» ushlandi

Jizzaxda birovning plastik kartasidagi 14 mln so‘mni tanishiga o‘tkazib bergan «xaker» ushlandi

Jizzax shahri, SH.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. ismli ayol IIBga virtual o‘g‘irlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda shu yil 17 oktyabr kuni plastik kartochkasiga 14 million so‘m tushirganligi va ushbu pullarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma’lum qilingan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi SH.P. elektron ijtimoiy to‘lov tarmog‘i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlandi.

SH.P. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!