Janubiy koreyalik qariya “sushi” sabab qo‘llaridan ajraldi

Janubiy koreyalik qariya “sushi” sabab qo‘llaridan ajraldi

71 yoshli janubiy koreyalik nafaqaxo‘r sushi restoranidagi tushlikdan so‘ng kuchli zaharlandi va buning oqibatida shifokorlar uning qo‘lini amputasiya qilishga majbur bo‘ldilar. 

Gap shundaki, qariya restoranda tushlik qilganidan 12 soat o‘tib uning kafti shishib ketadi. Zudlik bilan shifoxonaga murojaat qiladi. Shifokorlar uning xom baliqlarda uchraydigan Vibrio Vulnificus bakteriyasidan zaharlanganini aniqlashadi. Shundan so‘ng shifokorlar erkakning qo‘lidagi shikastlangan teri qatlamini olib tashlashadi va antibiotiklar yozib bergach, uyga javob berishadi. Lekin oradan 25 kun o‘tgach qariyaning ahvoli yaxshilanish o‘rniga battar og‘irlashadi. To‘qimalardagi nekroz(chirish)ning yuzaga kelishi oqibatida shifokorlar endi uning qo‘llarini yelkasiga qadar amputasiya qilishga majbur bo‘lishadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!