Jannatga kirish uchun iymonning o‘zi kifoyami?

Jannatga kirish uchun iymonning o‘zi kifoyami?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Bir kunmas-bir kun, albatta jannatga kirish uchun iymonning o‘zi kifoyami?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym

Jannatga kirmay qolish amal tufayli ham bo‘ladi.

Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarga chuqur nazar soladigan bo‘lsak, bandaning jannatga kirishdan mahrum bo‘lishi ham uning qilgan ba’zi amallari tufayli bo‘ladi. Alloh taolo shuni iroda qilgan.

Mo‘min banda qilgan ba’zi gunohlari tufayli ma’lum muddat jannatga kiritilmasligi ma’lum. U mazkur gunohning jazosini o‘tagunicha jannatga kirishdan mahrum qilinadi.

Qur’oni karim va hadisi sharifda ba’zi katta gunohlarni qilish jannatga kirishni man qilishi haqida xabarlar bor.

ﮓ ﮔﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ

Alloh taolo «Niso» surasida:

«Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, jazosi jahannamdir. Unda mangu qoluvchidir. Alloh unga g‘azab qiladir, uni la’natlaydir va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘yadir», degan (93-oyat).

ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎﮏ ﮐ ﮑ ﮒ

Alloh taolo yana «Niso» surasida:

«Albatta, yetimlarning mollarini zulm ila yeydiganlar qorinlariga o‘t-olovni yeydilar, xolos. Va shubhasiz, lovullagan do‘zaxga kirib, kuyurlar», degan (10-oyat).

Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qarindoshlik aloqasini uzuvchi jannatga kirmaydi», dedilar».

Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Muslimning Abu Hurayradan qilgan rivoyatida:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘shnisi uning yomonligidan omonda bo‘lmagan odam jannatga kirmaydi», dedilar».

Hammam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Huzayfa bilan birga edik. Unga:

«Bir kishi gapni Usmon roziyallohu anhuga olib borib turadi», deyildi. Shunda Huzayfa unga:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Chaqimchi jannatga kirmaydi», deganlarini eshitganman», dedi».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. 

Demak, ba’zi bir amallar o‘z egasining jannatga kirishiga mone bo‘lishi mumkin ekan. Albatta, mo‘min banda dindan chiqmasa va shariatning farzu vojiblarini inkor qilmagan, halol va haromni inkor qilmagan bo‘lsa, qilgan gunohiga yarasha jazosini olganidan keyingina u jannatga kiritiladi. Vallohu a’lam.

“Zikr ahlidan so‘rang” kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!