O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Ushbu qonun loyihasida 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilgan:
7-moddaning oltinchi qismidagi “jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi” degan so‘zlar “jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” degan so‘zlar bilan almashtish.
9-modda matni quyidagi tahrirda bayon etish:
“Fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma fuqaroga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochilganidan keyin Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomada hisobga olingan sana, fuqaroning shaxsiga oid ma’lumotlar, shu jumladan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining tartib raqami, shuningdek boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi”.
10-moddaning yettinchi qismidagi “pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori sur’atlardagi stavkalar bo‘yicha” degan so‘zlar “joylashtirishdan olingan daromadlar miqdoridan kelib chiqqan holda” degan so‘zlar bilan almashtirish.
15-modda matni quyidagi tahrirda bayon etish:
“Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tartib raqami, familiyalar, har bir xodimning hisoblab chiqarilgan ish haqi summasi, boshqa daromadlari va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari summasi ko‘rsatilgan xodimlar reestrini ish beruvchi daromad solig‘i hisoblash jarayoni bilan bir vaqtning o‘zida har oyda taqdim etishi shart”.
18-modda matni quyidagi tahrirda bayon etish:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qonun hujjatlarida belgilangan shaklda beradigan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi elektron shakldagi guvohnoma bunday to‘lovlarni olish uchun asos bo‘ladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchilar mablag‘larini olish uchun Xalq bankiga murojaat etganda, Xalq bankining elektron so‘rovi orqali fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi elektron shakldagi guvohnoma olinadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi elektron shakldagi guvohnomada jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari boshlanadigan sana ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi elektron shakldagi guvohnomani o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi”.
20-moddaning birinchi qismidagi “jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma” degan so‘zlar “jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi elektron shakldagi guvohnoma” degan so‘zlar bilan almashtirish.
23-moddaning ikkinchi qismidagi matni quyidagi tahrirda bayon etish:
“jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini investisiyalashdan olingan daromaddan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga tegishli operasion xarajatlarni qoplash huquqiga ega. Marja miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
23-moddaning yettinchi qismidagi matni quyidagi tahrirda bayon etish:
“jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini moliyaviy vositalarga joylashtirish hamda bunday mablag‘lardan investisiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yo‘li bilan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larning saqlanishini va ko‘paytirilishini ta’minlash”.
Qonun loyihasi 4 noyabrgacha muhokama qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.
Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.
2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.