Ixtisoslashtirilgan maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish boshlandi

Ixtisoslashtirilgan maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish boshlandi

Joriy yilning 1 iyulidan xalq ta’limi tizimidagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli jarayoni boshlanmoqda. Bu xaqda XTV rasmiy manbasi xabar berdi.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1 — 31 iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1 — 20 iyul kunlari qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi.

Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabuli bo‘yicha tanlovlar avgust oyida oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yurtimizdagi karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini o‘tkazish muddati o‘zgartirilishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
  • tibbiy ma’lumotnoma;
  • 3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!