ITB Qoraqalpog‘istonga 200 million dollar ajratdi

ITB Qoraqalpog‘istonga 200 million dollar ajratdi

Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istonda qishloq hududlarini rivojlantirish uchun 200 million dollar ajratdi. Bu haqda UNDP Uzbekistan xabar berdi.

Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi monitoring missiyasi doirasida delegasiya rahbari Vaxyu Vijayantoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov, Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Loyihani amalga oshirish guruhi va BMTTD vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Qoraqalpog‘istonning maqsadli hududlarida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining borishi va loyiha tashabbuslarini amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qilishdi.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholining faol ishtiroki orqali qishloq hududlarini rivojlantirishdan iborat.

“Bugungi kunga qadar loyiha 113 ta qishloqni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqdi. Ulardan 31 tasi Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanidagi 160 ta ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini yaxshilashga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratishni rejalashtirgani ma’lum qilingandi. Ajratilgan mablag‘lardan ayrim maktablar ta’mirlanadi hamda yangi maktablar va sport zallar quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!