Issiqda ko‘p terlamaslikning 3 ta usuli haqida bilasizmi?

Issiqda ko‘p terlamaslikning 3 ta usuli haqida bilasizmi?

Inson tanasida uch millionga yaqin ter bezlari mavjud. Terlashning o‘zi tabiiy fiziologik jarayon bo‘lib, teri orqali tanadan toksinlar va zararli moddalar ham chiqib ketadi.

Issiq havoda inson organizmida o‘ziga xos «kondisioner» — termoregulyasiya ishga tushadi. U tanani sovitib, haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

Aslida terining hidi bo‘lmaydi, ular shunchaki tuzlar va organik moddalarni o‘z ichiga olgan suyuqlikdir. Yoqimsiz hidning sababchisi toza bo‘lmagan tana va bakteriyalardir.

Kundalik foydalanadigan dezodorant va antiperspirantlar yanada samarali ta’sir qilishi uchun sizga quyidagi usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Mavrak choyi
Tananing haddan ortiq terlashi tibbiyot tili bilan aytganda gipergidroz kasalligidir. Unga qarshi mavrakdan tayyorlangan choy va damlama foyda berishi isbotlangan. Mavrak tarkibidagi flavonoidlar, alkaloidlar, ursol kislotasi va olein kislotasi tufayli organizmdan ortiqcha namlik chiqishini kamaytiradi.

Talk kukuni
Xushbo‘y ifor bilan to‘yingan talk yoki chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan upa ham ortiqcha terlashda samarali hisoblanadi. Bolalar upasi nafaqat chaqaloq terisini qizarish va shikastlanishdan himoya qiladi, balki namlikni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ham ega. Siz shunchaki terlash kuchaygan joylarga ozgina moddani qo‘llashingiz kerak. Bunday usulning yagona salbiy tomoni — talkni kun davomida bir necha marotaba yangilab turish kerak.

Kechasi uyqudan avval qo‘ltiq sohasiga olma sirkasini surtish, so‘ng ertalab dushda yuvib tashlash hamda doimgidek dezodorant qo‘llash metodi ham mavjud.

Ortiqcha terlashga qarshi usullarning qaysi biridan foydalanishingizdan qat’i nazar shifokor bilan maslahatlashishni unutmang, chunki gipergidroz menopauza yoki jiddiy kasalliklar borligidan ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!