Iroqda qum bo‘ronlari oqibatida 2 ming kishi kasalxonaga yotqizildi

Iroqda qum bo‘ronlari oqibatida 2 ming kishi kasalxonaga yotqizildi

16 may kuni butun Iroq hududida kuchli qum bo‘ronlari tufayli maktab darslari bekor qilindi, deb yozadi Anadolu agentligi respublika Ta’lim vazirligi qaroriga tayanib.

Dushanba kuni ertalab poytaxt Bag‘dod va boshqa bir qator shaharlar hududlarida boshlangan qum bo‘ronlari mamlakatning millionlab aholisi hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.

Kamida ikki ming kishi kasalxonalarga yotqizilgan.

Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Saif Badir aholini iloji boricha uydan ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.

Bag‘dod xalqaro aeroportiga va An-Najaf shahridagi aeroportga parvozlar to‘xtatildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!