Iroq Eronga norozilik notasi yubordi

Iroq Eronga norozilik notasi yubordi

Iroq mamlakat shimolidagi qator tashkilotlar shtab-kvartirasi o‘qqa tutilgani uchun Eronga norozilik notasini berdi.

Eronning Bag‘doddagi elchisi Muhammad Kozim as-Sodiq payshanba kuni Iroq Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va ular Iroq hududini o‘qqa tutishni qabul qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Bag‘dodda tinch aholi, jumladan ayollar va bolalarning o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganiga e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirligi, Eron kuchlarining Iroq suvereniteti va hududiga davom etayotgan hujumlarini qoralaganliklarini va o‘qqa tutilishiga javob berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Bag‘dod Tehronni Iroq suverenitetini hurmat qilishga va qo‘shni davlatga qarshi harbiy harakatlardan tiyilishga chaqiradi, deyiladi bayonotda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Saman Berzanjiyning ma’lum qilishicha, Eron qurolli kuchlarining zarbalari oqibatida to‘qqiz kishi qurbon bo‘lgan, 32 kishi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!