Inoue - Neri jangi 57 000 muxlisga mo‘ljallangan stadionda o‘tkazilishi mumkin

Inoue - Neri jangi 57 000 muxlisga mo‘ljallangan stadionda o‘tkazilishi mumkin

Birinchi yarimengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o‘zining ilk himoya jangini vatanida o‘tkazishi mumkin.

U 6 may kuni Tokio shahridagi "Tokio Doum" stadionida meksikalik sobiq jahon chempioni Luis Neriga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu stadion 57 000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. So‘nggi bor bu arenada 1990 yilning fevral oyida boks jang o‘tkazilgandi. O‘shanda Baster Duglas shov-shuvli tarzda afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchratgan edi.

Xabarda aytilishicha, RIZIN promousheni tomonidan RIZIN 47 turniri 6 maydan 29 aprelga ko‘chirilgan. Tokioda bir kunda ikkita muhim sport tadbirini o‘tkazmaslik uchun shunday qarorga kelingan. Yaqin orada bu haqda rasman xabar beriladi. Hozircha boks oqshomi tashkilotchilari Inoue ishtirokidagi jang sanasi va manzilini rasman tasdiqlashmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!