Indoneziya qirg‘oqlarida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziya qirg‘oqlarida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi.

Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Zilzila episentri taxminan 451 ming kishi yashaydigan Manado shahridan (Shimoliy Sulavesi provinsiyasi) 140 km sharqda joylashgan. O‘choq 10 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!