«Ilhaq» filmi Belarusda namoyish etildi

«Ilhaq» filmi Belarusda namoyish etildi

«O‘zbekfilm» kinostudiyasi delegasiya Belarusga safari doirasida ushbu mamlakatda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

«Ilhaq» filmi Belarusda namoyish etildi

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti binosida o‘tkazildi.

Tadbirda «O‘zbekfilm» va «Belarusfilm» o‘rtasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, xususan, 2020 yilda Belarusda «Ilhaq» badiiy filmini suratga olish ishlari qanday kechgani, bugungi kunda hamkorlikda yaratilayotgan yangi filmlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlarimizga «Ilhaq» badiiy filmi namoyish qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!