Ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln so‘m jarima to‘ladi

Ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln so‘m jarima to‘ladi

Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, Andijon shahrida ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 million so‘m jarima to‘ladi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro B.I. avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, 2022 yil 20 oktyabrdan 28 dekabrga qadar, ya’ni 2 oy davomida jami 26 ta qoidabuzarlik sodir etgan. Natijada 26 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy jarima qo‘llanilgan bo‘lib, uning miqdori 28 170 000 so‘mga borib yetgan.

Ma’muriy jarimalarni undirish maqsadida byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qo‘llanilgan 28 170 000 so‘m jarima pullari to‘liq undirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!