Hududlarda xorijiy davlatlarga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hududlarda xorijiy davlatlarga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.N. fuqarolar G.A. va K.O‘.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 6 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.SH. va K.N. fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi va hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. fuqarolar I.A. va U.I.ning ishonchiga kirib, ularni Yaponiya yoki Janubiy Koreya davlatlariga ishga yuborish evaziga jami 4 850 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 400 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!