"Hududgazta'minot" gaz bo‘yicha aholini jiddiy ogohlantirdi

"Hududgazta'minot" gaz bo‘yicha aholini jiddiy ogohlantirdi

"Hududgazta'minot" AJ gaz bo‘yicha aholini jiddiy ogohlantirdi.

"Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari! Respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Shu sababli xonadoningizdagi gaz jihozlariga yanada e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Xonaga kirganingizda gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilmaguncha, elektr jihozlarini yoqmang. Ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan zamonaviy elektr jihozlaridan, ikki konturli isitish qozonlaridan foydalanishda hushyorroq bo‘lishingizni iltimos qilamiz.

Agar gaz isitish qozoningiz yerto‘lada joylashgan bo‘lsa, albatta, uni qayta ko‘zdan kechirgan holda foydalaning.

Agar xonadoningizdagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, zudlik bilan xonalarni shamollatish choralarini ko‘ring va 104 avariya dispetcherlik xizmatiga murojaat qiling".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!