Hizbulloh» Isroilga qarshi 21 ta operasiyani amalga oshirdi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 399 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt-Laxiya, Jabaliya, Nuseyrat va Shati lagerlariga hujum qildi. So‘nggi 24 soat ichida 50 kishi halok bo‘ldi, ulardan 42 nafari G‘azo shimolida.
▪️Bosqinchilar Shati lageridagi ko‘chirilganlar bilan maktabda qirg‘in qilishdi. 12 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablusdagi Balat lagerini qamal qilishdi. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️Xusiylar Al-Javf hududida Amerikaning navbatdagi MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirdi.
▪️ «Hizbulloh» Isroilga qarshi 21 ta operasiyani amalga oshirdi. Hayfadagi Ramim va Yiftah kazarmalari, Eliakim va Maris bazalariga, Harmon, Liman va Marun ar-Rasda askarlar hujumga uchragan. Bu soatlarda dronlar Hayfa va Kesariya ustidan uchib o‘tadi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: So‘nggi 24 soat ichida Isroilning Livan bo‘ylab bombardimon qilishlari natijasida 53 kishi halok bo‘ldi va 161 kishi yaralandi.
▪️ Tel-Avivning «Makkabi» va Amsterdamning «Ayaks» futbol klublari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan Gollandiya poytaxtida o‘nlab isroillik futbol muxlislari jarohat oldi. Hujumlar sababi: o‘yin oldidan bosqinchilar mahalliy aholining uylaridan Falastin bayroqlarini yirtib tashlashdi.
▪️Isroilning Saida shahriga bergan havo hujumi natijasida YUNIFILning olti nafar malayziyalik tinchlikparvar askari yaralandi.