Hindistonning Odisha shtatida jazirama sabab yana sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Odisha shtatida jazirama sabab yana sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 72 soat ichida kamida sakkiz kishi quyosh urishi oqibatida halok bo‘ldi. Milliy meteorologiya xizmati joriy haftada shtatning ayrim hududlarida issiq havo davom etishini taxmin qilmoqda, deya xabar beradi Reuters.

Hindiston meteorologiya departamenti (IMD) mintaqadagi havo harorati me’yordan 4,5-6,4 darajaga yuqori ekanligini ma’lum qildi. Dushanba kuni Odisha shahri markazida, Bxubaneshvarda maksimal harorat 39°S qayd etildi.

Hindiston va Osiyoning bir qancha boshqa qismlarida g‘ayrioddiy issiq yoz kuzatilmoqda, olimlar fikricha, bu tendensiya inson tomonidan qo‘zg‘atilgan iqlim o‘zgarishi bilan kuchaymoqda. Meteorologiya xizmati yaqin kunlarda shimoliy va sharqiy Hindistonning ayrim hududlarida issiq ob-havo sharoiti saqlanib qolishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Hindistonda jazirama tufayli uch kun ichida 50 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Shuningdek, may oyi oxirida Hindiston poytaxti Dehlida yangi rekord darajadagi havo harorati qayd etildi va u 49,9°S ga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!