Hindistonda 50 ta vagonli yuk poyezd boshqaruvsiz harakatlanib ketdi

Hindistonda 50 ta vagonli yuk poyezd boshqaruvsiz harakatlanib ketdi

Hindiston temiryo‘llari «qochqin poyezd» bilan bog‘liq hodisani tekshirishni boshladi. Qayd etilishicha, boshqaruvsiz qolgan poyezd 70 km masofani bosib o‘tgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

25 fevral kuni shag‘al ortilgan 50 ta vagonli yuk poyezdi Jammu va Kashmirdan Panjobga jo‘nab ketgan. Poyezd ekipajni almashtirish uchun Jammudagi stansiyada to‘xtagan. Mashinist va uning yordamchisi poyezdan tushgach, u qiyalikdan pastga qarab harakatlanishni boshlagan.

Poyezd taxminan 100 km/soat tezlikka erishgan. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun uning yo‘nalishi bo‘ylab barcha temiryo‘l kesishmalari yopilgan. Poyezd faqat relslarga o‘rnatilgan yog‘och bloklar tufayli to‘xtatilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!