Hindistonda 18 ta farmasevtika kompaniyasining lisenziyasini bekor qilindi

Hindistonda 18 ta farmasevtika kompaniyasining lisenziyasini bekor qilindi

Hindiston hukumati Dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha bosh nazoratchi (DCGI) tomonidan 20 shtatdagi 76 ta kompaniyada o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, qalbaki dori vositalari ishlab chiqargani sababli 18 ta farmasevtika kompaniyasining lisenziyalarini bekor qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» hind ommaviy axborot vositalariga tayangan holda.

Bu haqda seshanba kuni jurnalistlarga rasmiy manba ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, mamlakat bo‘ylab farmasevtika korxonalarida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilishi ehtimoli bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilgan.

«Tekshiruvlar O‘zbekistonda Hindistonda ishlab chiqarilgan ikkita yo‘tal va shamollashga qarshi siroplar iste’moli bolalar o‘limiga olib kelgani haqida xabar tarqagandan keyin o‘tkazilgan», deb yozadi Times Now axborot portali.

Nashr, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Noida shahrida joylashgan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan sifatsiz dori-darmonlar haqida ogohlantirganini eslatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!